Taxtako‘pir tumani hokimi tibbiyot birlashmasida bo‘ldi
2026-09-11 20:15:00 / Yangiliklar

Taxtako‘pir tumani hokimi tibbiyot birlashmasida bo‘ldi
Bugun Taxtako‘pir tumani hokimi J.Adilov tuman tibbiyot birlashmasiga tashrif buyurib, muassasada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Tadbir davomida bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, davolanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va yaqinda olib kelingan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni bartaraf etish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida mutasaddilarga aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.









