Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2026-09-07 17:30:00 / Yangiliklar

Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Bugun Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining navbatdagi 23-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida siyosiy partiyalar, tuman hokimi o‘rinbosarlari, muassasa, korxona, tashkilot rahbarlari va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyani Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining raisi Reyov Allayar olib bordi.
Sessiya kun tartibiga muvofiq:
- Xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashining 2026 yil 12 fevraldagi VII-18-23-13-189-K/26-sonli qarorining ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
- Taxtako‘pir tumani obodonlashtirish boshqarmasining markaziy ko‘chalar bo‘yida joylashgan tadbirkorlik subyektlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun tariflarni tasdiqlash to‘g‘risida;
- O‘zbekiston Respublikasining 2024 yil 5 avgustdagi "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan imoratlarga bo‘lgan huquqlarni tan olish to‘g‘risida"gi O‘RQ-
937-sonli Qonunining Taxtako‘pir tumanida ijro etilishi to‘g‘risida;
- Taxtako‘pir tumani hokimligi huzuridagi "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;
- Taxtako‘pir tumani mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;
- Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman Xalq qabulxonasi axborotlarini, hokim hamda hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitishning namunaviy tartibini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashining 2026 yil 21 iyul kungi VII-22-84-13-189-K/26-sonli qarorining ilovalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
- Xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashining 2026 yil 29 apreldagi VII-20-48-13-189-K/26-sonli qarorining ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida;
- Taxtako‘pir tumani mahalliy byudjetining 2026-yilning VI choragi davomida daromadlar rejasining bajarilishi va ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan aniqlangan mablag‘larning sarflanish yo‘nalishlari to‘g‘risida;
- Tashkil etish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikr va takliflarini bildirdi. So‘ngra ko‘rilgan masalalar bo‘yicha Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.









