Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2026-07-21 21:50:00 / Yangiliklar

Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Bugun Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida siyosiy partiyalar, tuman hokimi o‘rinbosarlari, muassasa, korxona, tashkilot rahbarlari va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyani Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining raisi Reyov Allayar olib bordi.
Sessiya kun tartibiga muvofiq:
1. Taxtako‘pir tumani hududida favqulodda vaziyatlarning oldini olish yo‘nalishida 2026 yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
2. Taxtako‘pir tumani prokurorining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarorining ijrosi bo‘yicha tumanda olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti.
3. Taxtako‘pir tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2026 yilning 6 oyi davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.
4. Taxtako‘pir tumani Soliq inspeksiyasi tomonidan mahalliy byudjet daromadlarining ijro etilishi holati, hisoblangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning amalda to‘langanligi, shuningdek soliq qarzdorligi to‘g‘risida.
5. Taxtako‘pir tumani hududida rekonstruksiya qilinadigan kanallar va sug‘orish tarmoqlarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash haqida.
6. Taxtako‘pir tumani "Qoraoy" OFY hududida joylashgan 1 gektar yer maydonida qurilgan issiqxonani (teplitsa) tuman hokimligi bilan o‘zaro shartnoma asosida tumanlik Obodonlashtirish boshqarmasiga ijara huquqi bilan berish haqida.
7. Taxtako‘pir tumani adliya bo‘limi tomonidan 2026 yilning 6 oyi davomida davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi ishlari va huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida.
8. Taxtako‘pir tumani mahalliy byudjetining 2026-yil I choragi davomida daromadlar rejasining bajarilishi va ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan aniqlangan mablag‘larning sarflanish yo‘nalishlari to‘g‘risida.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Taxtako‘pir tumanidagi Xalq qabulxonasiga 2026 yilning 6 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar va muammolarni har tomonlama tahlil qilish to‘g‘risida.
10. Taxtako‘pir tumani hokimligida 2026-yilning 6 oyi davomida qonunchilik hujjatlarining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash va ijro tartibiga rioya qilish holati to‘g‘risida.
11. Taxtako‘pir tumani mahalliy byudjetining 2026-yilning I choragi daromadlar rejasining ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan jami 256 807 180 so‘m mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
12. Taxtako‘pir tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan "Qostruba" mahallasidagi binoni qayta rekonstruksiya qilish uchun 151 000 000 so‘m mablag‘ ajratish to‘g‘risida.
13. Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashi va doimiy komissiyalarining 2026-yilning II yarim yilligiga mo‘ljallangan ish-rejalarini tasdiqlash t to‘g‘risidagi masalalari ko‘rib chiqildi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikr va takliflarini bildirdi. So‘ngra ko‘rilgan masalalar bo‘yicha Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.









