Umumta’lim maktablari bitiruvchilariga oltin medallar topshirildi
2026-07-03 17:10:00 / Yangiliklar

Umumta’lim maktablari bitiruvchilariga oltin medallar topshirildi
Bugun Taxtako‘pir tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining iqtidorli bitiruvchilariga oltin medallarini tantanali ravishda topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi J.Adilov, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i B.Utepbergenov, maktab direktorlari, bitiruvchi yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Unda tuman hokimi, maktab bitiruvchilarini yutuqlari bilan samimiy tabriklab, umumiy o‘rta ta’lim maktablarini a’lo baholarga tamomlab, o‘qishda, jamoat ishlarida faol qatnashgan bitiruvchilarga oltin medallarini tantanali ravishda topshirdi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, joriy o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarini jami 416 nafar o‘quvchi tamomlayotgan bo‘lsa, shundan 3 nafar bitiruvchi oltin medal bilan maktabni muvaffaqiyatli tamomlamoqda.
Xususan:
5-maktab o‘quvchisi Jarilqosinova Osiyo fan olimpiadasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichida faxrli 2-o‘rinni va O‘zbekiston Respublikasi bosqichida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
16-maktab o‘quvchisi Esemuratova Ravshan o‘z tengdoshlaridan ajralib turib 4 fandan sertifikat olib muddatidan oldin Oliy o‘quv yurtiga ya’ni talabalikka qabul qilinish arafasida turibdi.
17-maktab o‘quvchisi Biymurzayeva Aray 3 ta fandan sertifikat olishga muvaffaq bo‘ldi. Oliy o‘quv yurtiga kirish balining 60 foizini to‘plashga erishdi.






