Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz!
2026-06-29 19:45:00 / Yangiliklar
Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz!

Giyohvandlikka qarshi birgalikda kurashamiz!
"Yoshlar oyligi" doirasida giyohvandlikka qarshi kurashga bag‘ishlangan tushuntirish uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlarga giyohvand moddalarning zararli ta’siri, sog‘liqqa va kelajakka keltiradigan xavfi haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish va yoshlarni zararli illatlardan himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, sog‘lom turmush tarzini olib borishning ahamiyati haqida fikr almashdi.






