E’lon!
2026-06-08 15:10:00 / Yangiliklar
E’lon!

E’lon!
D-234 "Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir" avtomobil yo‘lining 102,6-kilometr qismida joylashgan ko‘prikda davlat dasturi asosida yirik ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Ayni paytda ushbu hududda qurilishning dastlabki tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Ta’mirlash jarayonida fuqarolar va avtotransport vositalarining xavfsiz va uzluksiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida ko‘prik yonidan vaqtinchalik aylanma yo‘l qurilmoqda.
Shu sababli avtotransport haydovchilaridan ushbu yo‘nalishda harakatlanishda ehtiyot bo‘lish, belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilish hamda o‘rnatilgan yo‘l belgilari va vaqtinchalik ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilish so‘raladi.


