Taxtako‘pir tumani hokimi J.Adilov, tuman IIB boshlig‘i M.Bawetdinov bilan birgalikda «Ózbekstan» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlari, fikr va takliflarini eshitish maqsadida navbatdagi sayyor qabulni o‘tkaz
2026-05-05 12:25:00 / Yangiliklar

#Sayyor_qabul
Bugun Taxtako‘pir tumani hokimi J.Adilov, tuman IIB boshlig‘i M.Bawetdinov bilan birgalikda «Ózbekstan» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlari, fikr va takliflarini eshitish maqsadida navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi.
Qabul davomida hudud aholisining turli sohalarga oid muammolari bilan bir qatorda fikr-mulohazalari tinglandi. Murojaatlarda asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr tarmoqlarini yangilash va boshqa mahalla infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan dolzarb masalalar ko‘tarildi.
Shuningdek, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan tushuntirish ishlari ham olib borildi.
Qabul yakunida kelib tushgan murojaatlarni belgilangan muddatlarda o‘rganib chiqish va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi.





