Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining navbatdagi 20-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2026-04-29 17:05:00 / Yangiliklar

Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining navbatdagi 20-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Bugun Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining navbatdagi 20-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida siyosiy partiyalar, tuman hokimi o‘rinbosarlari, muassasa, korxona, tashkilot rahbarlari va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyani Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining raisi Reyov Allayar olib bordi.
Sessiya kun tartibiga muvofiq:
1. "Mahallalarni rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish" yili dasturi, "O‘zbekiston - 2030" strategiyasining Taxtako‘pir tumanidagi ijrosi haqida.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-may kungi "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida va o‘rmonlarni boshqarish tizimida islohotlarni izchil davom ettirish, yashil hududlarni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-90-sonli Farmonining Taxtako‘pir tumanida ijrosi haqida.
3. Taxtako‘pir tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan 2026-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlari haqida.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Taxtako‘pir tumanidagi Xalq qabulxonasiga 2026 yilning I choragi davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar va muammolarni atroflicha tahlil qilish to‘g‘risida.
5. Taxtako‘pir tumanidagi fermer xo‘jaliklari, klasterlar va boshqa suv iste’molchilariga 2026-yil vegetatsiya davrida ajratilgan suv limiti va haqiqiy olinadigan suv miqdorini tasdiqlash to‘g‘risida.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 5 fevraldagi "Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-47-son qarorining Taxtako‘pir tumanida ijrosi to‘g‘risida.
7. Taxtako‘pir tumani yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan 2026 yil davomida tadbirlarni yuqori darajada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha kalendar rejaga asosan talab etiladigan mablag‘larni tasdiqlash to‘g‘risida.
8. Taxtako‘pir tumani mahalliy budjetining 2026-yilning I choragi daromadlar rejasining ortiqcha bajarilgan qismi hisobidan mablag‘larni ajratish to‘g‘risida.
9. Xalq deputatlari Taxtako‘pir tuman Kengashining 2024-yil 5-iyul kungi VI-82-105-13-189-K/24-sonli, VI-82-106-13-189-K/24-sonli hamda VI-82-107-13-189-K/24-sonli qarorlarining ilovalariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masalalari ko‘rib chiqildi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikr va takliflarini bildirdi. So‘ngra ko‘rilgan masalalar bo‘yicha Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
https://www.facebook.com/share/v/1Ban2B6RkG/








