Taxtako‘pir tumanida futbol bo‘yicha "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" o‘yinlariga start berildi
2026-04-18 18:10:00 / Yangiliklar

Taxtako‘pir tumanida futbol bo‘yicha "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" o‘yinlariga start berildi
Bugun Taxtako‘pir tumanida sportning futbol va kichik futbol turi bo‘yicha "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" musobaqalarining tuman bosqichi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning ochilish marosimida tuman hokimi J.Adilov, Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘limi boshlig‘i I.Kalandarov, tuman prokurori o‘rinbosari T.Menglimuratov, IIB boshlig‘i M.Bauetdinov, nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar yosh sportchilarga oldindagi o‘yinlarda omad tilab, ushbu musobaqa yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, har bir mahalladan kelgan 17 ta jamoa 4 ta guruhga bo‘linib, dastlabki uchrashuvlarga start berildi.
Futbol musobaqalarining tuman bosqichi aprel-may oylari davomida o‘tkazilib, g‘olib jamoalar keyingi bosqichga yo‘llanma oladi. Musobaqaning tuman bosqichiga 450 dan ortiq mahalla yoshlarini qamrab olish rejalashtirilgan.









