Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining navbatdagi o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
2026-03-30 18:50:00 / Yangiliklar

Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining navbatdagi o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Bugun Taxtako‘pir tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining navbatdagi o‘n to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya ishida siyosiy partiyalar, tuman hokimi o‘rinbosarlari, muassasa, korxona, tashkilot rahbarlari va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyani Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashining raisi Reyov Allayar olib bordi.
Sessiya kun tartibiga muvofiq:
Kun tartibidagi birinchi masala Taxtako‘pir tumani prokurorining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi "Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish borasida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarori ijrosi bo‘yicha tumanda olib borilayotgan ishlar haqida.
Kun tartibidagi ikkinchi masala Taxtako‘pir tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2026-yilning o‘tgan 3 oyi davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari haqida.
Kun tartibidagi uchinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentyabrdagi PP-172-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda tuman hududida suv ta’minoti va sug‘orish tizimlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida.
Kun tartibidagi to‘rtinchi masala Taxtako‘pir tumani hokimligi huzuridagi infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi hisobidan tuman hududida yashovchi muhtoj oilalarning uylariga qurilish-ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun 247 000 000 (ikki yuz qirq yetti million) so‘m mablag‘ ajratish haqida.
Kun tartibidagi beshinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-fevral kungi "Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kelgusi yillarga mo‘ljallangan dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi PQ-70-sonli qaroriga asosan xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan Taxtako‘pir tumani hududida amalga oshiriladigan ijtimoiy va infratuzilma loyihalarining manzilli ro‘yxatini tasdiqlash haqida.
Kun tartibidagi oltinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2024-yil 30-yanvar kungi 666-sonli qaroriga asosan Taxtako‘pir tumani bo‘yicha 2026-yil 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan jamoatchilik fikri asosida shakllangan takliflarni moliyalashtirish haqida.
Kun tartibidagi yettinchi masala 2026 yilda Taxtako‘pir tumani bo‘yicha "Alkogol mahsulotlarini" sotish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan "Alkogol mahsulotlarini" sotish uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalarini oshirish to‘g‘risida.
Kun tartibidagi sakkizinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 4 oktyabrdagi PQ-347-sonli "Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosi haqida.
Kun tartibidagi to‘qqizinchi masala 2026-yilning I choragi davomida Taxtako‘pir tumani hokimligida ijro intizomiga rioya qilish holati bo‘yicha hisoboti.
Kun tartibidagi o‘ninchi masala O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 22 iyuldagi 0017-21-sonli "Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari"ga rioya etilishi holati to‘g‘risida.
Kun tartibidagi o‘n birinchi masala Taxtako‘pir tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi tomonidan belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi haqida.
Kun tartibidagi o‘n ikkinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi "Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-48-sonli qarorining tumanda ijrosi haqida.
Kun tartibidagi o‘n uchinchi masala Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Raisining 2026-yil 2-fevral kungi 285/1-B-sonli "Ernazarov Perdebay Bektibaevichni Taxtako‘pir tumani hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlash to‘g‘risida"gi farmoyishini tasdiqlash haqidagi masalalari ko‘rib chiqildi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan deputatlar o‘z fikr va takliflarini bildirdi. So‘ng ko‘rilgan masalalar bo‘yicha Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
https://www.facebook.com/share/v/1P4yVntffV/









