Hurmatli Prezidentimizning tashabbusi bilan mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni "Yoshlar kuni" etib belgilangan
2026-03-12 15:30:00 / Yangiliklar

Hurmatli Prezidentimizning tashabbusi bilan mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni "Yoshlar kuni" etib belgilangan.
Shu munosabat bilan bugun Taxtako‘pir tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlarning fikr-takliflari va tashabbuslarini o‘rganish, joylardagi muammolarni aniqlab, ularga amaliy yechimlar ishlab chiqish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Bekturǵanov, Davlat xavfsizlik xizmati tuman bo‘limi boshlig‘i I.Kalandarov, tuman prokurori R.Jalelov va IIB boshlig‘i M.Bauetdinov ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning qiziqishlari, taklif va tashabbuslari hamda istiqboldagi rejalari yuzasidan fikr almashildi.
Bildirilgan murojaat va takliflar mas’ul rahbarlar tomonidan shaxsiy nazoratga olindi va ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.









