Joriy yilning 5-11 mart kunlari Nukus shahrida sportning voleybol turi bo‘yicha U-17 yoshdagi qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi
2026-03-11 16:45:00 / Yangiliklar

#O‘zbekiston_chempionati
#Voleybol
Joriy yilning 5-11 mart kunlari Nukus shahrida sportning voleybol turi bo‘yicha U-17 yoshdagi qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada respublikamizning turli hududlaridan kelgan jamoalar ishtirok etib, musobaqa qizg‘in bellashuvlar ostida o‘tdi. Bugun musobaqaning so‘nggi final bellashuvlari bo‘lib o‘tib, chempionat yakuniga yetdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇1-o‘rin - Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi
🥈️2-o‘rin - Surxondaryo viloyati jamoasi
🥉️3-o‘rinni - Namangan viloyati jamoasi egalladi.
Ushbu musobaqada Taxtako‘pir tumani Sport maktabi tarbiyalanuvchilari - Qiriqbaeva Delfuza va Ko‘penova Mayra Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasi safida ishtirok etib, jamoasining g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdi.

