“Ajoyib maydon” intellektual o‘yinining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi
2026-03-07 12:30:00 / Yangiliklar

“Ajoyib maydon” intellektual o‘yinining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi
Taxtako‘pir tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda tuman Madaniyat bo‘limi tashabbusi bilan davlat va jamiyat hayotida faollik ko‘rsatib kelayotgan xotin-qizlar ishtirokida tashkil etilgan “Ajoyib maydon” intellektual o‘yinining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur intellektual o‘yinning yakuniy bosqichida tumandagi turli sohalarda faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlar ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar davomida ishtirokchilar turli savollarga javob berib, o‘zlarining bilimdonligi, tezkor fikrlashi hamda zukkoligini namoyon etdilar.
Yakunda tuman Madaniyat bo‘limi xodimi Tamara Patullayeva eng faol va bilimdon ishtirokchi sifatida g‘olib deb topildi.
Tadbir so‘ngida g‘olib va barcha ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandi. Mazkur intellektual o‘yin xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning bilim va salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.









