O‘zbekiston kurash federatsiyasi vakillari Taxtako‘pir tumani sport maktabida bo‘ldi
2026-03-02 21:45:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston kurash federatsiyasi vakillari Taxtako‘pir tumani sport maktabida bo‘ldi
Bugun O‘zbekiston kurash federatsiyasi raisining Sport masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Uyg‘un Umarov ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda Taxtako‘pir tumani sport maktabida bo‘lib, yosh sportchilar bilan uchrashdi va ularning mashg‘ulot jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
Sport maktabida sportchilarni mashg‘ulotlarga jalb qilish, ularning jismoniy tayyorgarligi va texnik ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Ishchi guruh a’zolari yoshlarning sportga qiziqishini oshirish, ularning salomatligini mustahkamlash va milliy sport turlarini ommalashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, sport maktabi murabbiylari bilan suhbat davomida mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish, zamonaviy metodika va usullarni qo‘llash, yosh sportchilarni musobaqalarga tayyorlash jarayonini takomillashtirish lozimligi alohida ta’kidlandi.






