Taxtako‘pir tumanida tadbirkor ayollar faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi
2026-02-16 20:15:00 / Yangiliklar

Taxtako‘pir tumanida tadbirkor ayollar faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazildi
Taxtako‘pir tumanida Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Taxtako‘pir tumani Kengashi tashabbusi bilan mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yosh qizlar o‘rtasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish va ularning ijtimoiy faol qatlamini kengaytirishga qaratilgan qator amaliy chora-tadbirlar tashkil etildi.
Tuman miqyosida o‘tkazilgan "Mahallaning tadbirkor ayoli" tanlovida barcha mahallalardan eng faol va tashabbuskor tadbirkor ayollar ishtirok etdi. Tanlov natijasida "O‘zbekiston" MFYdan Jazira Daniyarova birinchi o‘rin, "A.Adilov" QFYdan Arzayim Allambergenova ikkinchi o‘rin, "Mustaqillik" MFYdan Aynura Ziyovaddinova esa uchinchi o‘rinni egalladi va tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari va diplomlar bilan taqdirlandi.
Shuningdek, "Bir qadamda - mingta imkoniyat" mavzusida Taxtako‘pir madaniyat saroyida ishbilarmon ayollar va yosh tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Seytnazarova, AT "Xalq bank" mas’ul xodimi S.Qayirzayeva, "Qoraoy" OFY hokimining yordamchisi I.Ergasova va psixolog Q.Qurbonbekovalar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilarga tadbirkorlik va iqtisodiy faoliyatni boshlash imkoniyatlari, amaliy yordam va imtiyozlar, shuningdek, motivatsion maslahatlar berildi.
Psixologiya sohasidagi tavsiyalar orqali ishtirokchilarda qiziqish va ishga kirishish ruhiyati oshirildi. Tadbir yakunida xotin-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi va kelgusida tadbirkorlik tanlovlarida faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.









