Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida asfaltlash ishlari olib borilmoqda
2025-12-17 18:10:00 / Yangiliklar

Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida asfaltlash ishlari olib borilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-sonli Farmoniga muvofiq, Taxtako‘pir tumanidagi "Qaraoy" OFY hududidan 3 gektar yer maydoni ajratilib, "Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi" tashkil etilgan edi.
Ushbu hududda yosh tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish, ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining maxsus qarori asosida Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 milliard 440 million so‘m mablag‘ ajratildi.
Ajratilgan mablag‘lar hisobidan yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasiga olib boruvchi hamda hudud ichidagi 1,2 kilometr avtomobil yo‘llarini asfaltlash ishlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Ushbu infratuzilma loyihasi hududda yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini yanada kengaytirishga asos bo‘ladi.




