Bugun Taxtako‘pir tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yuqori sinf o‘quvchilari uchun "16 kunlik zo‘ravonlikka qarshi kurash" aksiyasi doirasida "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" mavzusida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
2025-11-26 10:45:00 / Yangiliklar

Bugun Taxtako‘pir tumanidagi 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yuqori sinf o‘quvchilari uchun "16 kunlik zo‘ravonlikka qarshi kurash" aksiyasi doirasida "Biz zo‘ravonlikka qarshimiz" mavzusida targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi.
Tadbirda tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Seytnazarova va tuman IIBning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, kapitan B.Baxiyeva ishtirok etib, zo‘ravonlikning ruhiy va jismoniy salomatlikka ta’siri, uning huquqiy oqibatlari, internetdagi zo‘ravonlik (kiberbulling) va uning oldini olish yo‘llari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuvda o‘quvchilarga har qanday zo‘ravonlik holatini o‘z vaqtida aniqlash, bunday holatda kimlarga murojaat qilish mumkinligi, yaxshi munosabat, o‘zaro hurmat va xavfsiz maktab muhitini saqlashning ahamiyati tushuntirildi.
Tadbir yoshlarda zo‘ravonlikka qarshi qat’iy pozitsiyani shakllantirish, bir-birini qo‘llab-quvvatlash va mas’uliyatli fuqaro bo‘lib yetishishga qaratildi.









