DIQQAT TANLOV!
2024-12-19 11:55:00 / Majlislar
Talabgorlar tomonidan quyidagilar hujjatlarni taqdim etish talab etiladi:
- Suv xo‘jaligi vaziri (tegishli tizim tashkiloti rahbari) nomiga ariza;
- Pasport nusxasi;
- Ta’lim muassasasida o‘qiyotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
- Ta’lim muassasasining tavsiya xati;
- Reyting daftarchasi nusxasi;
- Ma’lumotnoma (obyektivka)si.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar ilovada keltirilgan hujjatlarni 2024 yilning 25 dekabr kuniga qadar telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali Vazirlikning Yosh mutaxassislarni tanlash guruhi (https://t.me/+Z5mDxyowCQ9jMmRi)га elektron shaklda yuborishlari lozim.
Talabgorlarga qo‘yiladigan talablar:
Microsoft Office (Word, Excel, Power Point ва ҳ.к) va boshqa kompyuter dasturlari bo‘yicha yetarli bilim va uni qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;
o‘zbek (kirill va lotin alifbosida) va rus tillarida matn tuzishni yaxshi bilishi, bayon, farmoyish, buyruq va boshqa hujjatlarni shakllantirish bo‘yicha yetarli malaka ega bo‘lishi (ingliz tilini Pre-Intermediate darajasida bilishi, lug‘at bilan ishlay olishiga ustuvorlik beriladi).
Tanlovni o‘tkazish bosqichlari:
1-bosqich: nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning bilim darajasini aniqlash uchun test sinovidan o‘tkazish;
2-bosqich: test bosqichidan muvaffaqiyatli (71 foizdan yuqori) o‘tgan talabalarni Vazirlikda tashkil etilgan maxsus komissiya tomonidan suhbatdan o‘tkazish;
3-bosqich: suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni stajirovkaga jalb etish.
Axborot xizmati