Yil sarhisobi: Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish
2025-01-29 18:50:00 / Yangiliklar
Surxondaryo viloyatida 2024-yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 14 trln 887 mlrd so‘mni (taqsimlanmagan hajm 2 520,7 mlrd so‘m bilan birgalikda) yoki 2023-yilga nisbatan 108,9 foizga o‘sishga erishilishi ta’minlandi. Shundan, hududiy bo‘ysunuvdagi korxonalar 5 trln 114 mlrd so‘m (ulushi 64,8 foiz) va tarmoq korxonalari 4 trln 983 mlrd so‘m (ulushi 40,3 foiz) sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

2024-yilning yanvar-dekabr oylarida hududiy investitsiya dasturi doirasida sanoat yo‘nalishida umumiy qiymati 300 mln dollarlik 184 ta loyiha ishga tushirilib, 4 547 ta ish o‘rni tashkil etildi. Xususan, 2024-yilda ishga tushirilgan loyihalar hisobiga 920 mlrd so‘mlik ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etildi.
2025-yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 107,0 foizga oshirish orqali 17,4 trln so‘mga yetkazish belgilangan. Jumladan, tekstil va to‘qimachilik sanoati 107,4 foizga, qurilish materiallari sanoati 108,9 foizga, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati 106,0 foizga, ko‘mir qazib olish 107,3 foizga, mebel ishlab chiqarish sanoati 108,7 foizga o‘sishi ta’minlanadi.
