Denov tumanida savdo majmualari qurilishida start berildi.
2024-12-23 23:30:00 / Yangiliklar

Bugun mazkur qurilish materiallari va mol bozori majmuasi qurilishiga start berildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etdi. Loyihani belgilangan muddatda sifatli amalga oshirish, barcha sharoitlar bilan ta’minlash hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish lozimligi ta’kidlandi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari tumandagi Qizilsuv daryosi bo‘yida barpo etilayotgan "Yoshlar" saylgohi hamda unga boruvchi yo‘lning qurilishi bilan tanishdi. Yakuniy bosqichda olib borilayotgan loyihani qisqa muddatda yakunlab foydalanishga topshirish uchun tayyorlash, yo‘l qurilishini sifatli amalga oshirish vazifalari belgilab berildi.
Tashrif yakunida tuman markazida eski dehqon bozori o‘rnida "Denov mall" savdo majmuasi qurilishiga ham start berildi. Tadbirda ishtirok etgan nuroniylar bir necha yillardan buyon qarovsiz qolib, yaroqsiz holga kelib qolgan, chiqindiga to‘lgan hudud o‘rnida bu kabi yirik savdo majmuasi qad ko‘tarishi tumanning iqtisodiyotini rivojlantirishiga hamda aholi turmush farovonligini oshirishga hissa qo‘shish bilan birga shahar qiyofasiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlashdi. Faollar va nuroniylar yurt tinchligi va boshlangan ishlar rivojini so‘rab duoga qo‘l ochishdi.









