Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida...
2024-11-05 22:00:00 / Yangiliklar

Tuman hokimi viloyat rahbari hamda faollarga bu borada amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar va loyihalarni taqdimot qildi. Unga ko‘ra yil yakuniga qadar tumanda 4 ta umumta’lim maktablarini joriy ta’mirlash, 34,5 km ichki yo‘llarni asfaltlash, 28 km elektr va 38,7 km ichimlik suvi tarmoqlarini yangidan barpo etish maqsad qilingan.
Viloyat rahbari taqdimotlar bilan tanishib, tuman nuroniylari va faollarining takliflarini tingladi. Hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush sharoitlarini yaxshilash borasidagi muammolarni hal etish masalalari muhokama qilindi. Mutasaddilarga vazifalar belgilanib, nuroniylar va faollar bilan maslahatlashgan holda ishlarni tashkil etish, taqdimot qilingan rejalarning sifatli amalga oshirilishini ta’minlash topshirildi.
