Buyuk Britaniya biznes vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-03-27 09:00:00 / Yangiliklar
London shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston–Buyuk Britaniya Qo‘shma iqtisodiy qo‘mitaning yig‘ilishi doirasida Buyuk Britaniya biznes vakillari British American Tobacco (BAT) bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqotda British American Tobacco (BAT) tomonidan ishlab chiqarilayotgan maxsulotlarda qo‘llanilayotgan standartlar, sinovlar, olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari, sinov laboratoriyalar akkreditatsiyasi shuningdek BAT va Xalqaro Standartlashtirish Nashkiloti (ISO), Britaniya Standartlar Instituti (BSI) texnik qo‘mitalardagi xamkorlik bo‘yicha fikr almashildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar mahsulotlar sinovi bo‘yicha kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, faol muloqotni davom ettirish va sohaga oid barcha yo‘nalishlarida keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.