Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi!
2025-02-21 16:00:00 / Yangiliklar
Respublikamiz bo‘ylab xalqimizning milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analarini namoyon etish maqsadida o‘tkazilayotgan "Milliy liboslar kuni"da O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi xodimlari ham faol ishtirok etmoqdalar.

Barchamizni birlashtiradigan, boy madaniyatimizni aks ettiruvchi milliy liboslarni qadrlash va targ‘ib qilish maqsadida har juma kuni ''Milliy liboslar kuni'' deb e’lon qilishi bejiz emas, albatta. Bu o‘z navbatida, o‘zbek xalqining betakror an’analari va merosiga ehtirom ko‘rsatish, milliy kiyimlarni kiyish orqali o‘zligimizni yanada mustahkamlashga bevosita xizmat qiladi.