Qozog‘iston Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya qo‘mitasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-02-13 17:45:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov Qozog‘iston Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya qo‘mitasi raisi Yesenbekova Janna Rashidovna bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida texnik tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofilikni baholash sohasida hamkorlik munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari, hamkorlik ko‘lamlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Eksport bozorlarini kengaytirish maqsadida savdodagi texnik to‘siqlar, bozor nazorati, eksport-import mahsulotlarga qo‘yilgan talablarga e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida muhokama qilingan barcha masalalar bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga qat’iy intilish bildirildi.