Donorlarga beriladigan pul mukofoti miqdori oshirildi
2025-03-03 16:00:00 / Yangiliklar

Qonun bilan "shahar yo'lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to'g'risida"gi hamda "qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi qonunlariga tegishincha "O'zbekiston Respublikasi faxriy donori" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar uchun bir yo'la beriladigan pul mukofoti miqdori oshirilishini nazarda tutuvchi qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilmoqda.
Bunda mazkur ko'krak nishoni bilan taqdirlanadiganlar Bhmning 15 baravari (5 mln 625 ming so'm) miqdorida bir yo'la beriladigan pul mukofotini olishi belgilandi.
Ilgari Bhmning 5 baravari edi.
Shuningdek, ularga shahar yo'lovchilar transportidan (bundan yo'nalishli va yo'nalishsiz taksilar mustasno) bepul foydalanish, o'zlari uchun qulay bo'lgan vaqtda har yilgi mehnat ta'tiliga chiqish hamda sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yo'llanmalarni navbatsiz olish huquqi berilmoqda.
Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi