2024 yil "Tez yordam" xizmatiga qancha chaqiriq kelib tushdi?
2025-01-30 14:10:00 / Yangiliklar
Tabiiyki, bunday yangilanishlar bemorlarga shifoxonagacha bo'lgan birinchi yordamni xalqaro andozalarga mos tarzda ko'rsatish imkonini berayotir.
— Raqamlarni tahlil qilsak, o'tgan 2024 yil mamlakatimiz bo'ylab "103" xizmatiga jami 13 million 536 ming 396 ta chaqiriq kelib tushdi, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon Gafurov. — Jumladan, bajarilgan chaqiruvlarning aksariyati, ya'ni 9 million 695 ming 302 tasi shoshilinch ko'rsatma bilan, shuningdek, surunkali kasalliklar – 3 million 399 ming 379 ta va tug'uruqlar – 91 ming 447 tani tashkil qildi.
Eng ko'p murojaatlar:
Farg'ona viloyati — 1 405 259 ta;
Toshkent shahri — 1 395 854 ta;
Andijon viloyati — 1 359 389 ta;
Toshkent viloyati — 1 260 608 ta;
Surxondaryo viloyati — 1 223 981 ta qayd etilgan.
Eng kam chaqiriq Navoiy viloyati (401 762 ta), Sirdaryo viloyati (454 455 ta), Jizzax viloyati (548 238 ta) va Buxoro viloyatida (649 134 ta) hamda Xorazm viloyatida (662 239 ta) kuzatildi.
Eslatib o'tamiz, hozirgi kunda "tez yordam" xizmatida jami 2 857 ta tibbiy brigada faoliyat olib bormoqda.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.