Falastinlik bolalar va ayollar yurtimizda sog'lomlashtiriladi
2024-12-27 15:00:00 / Yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan 100 nafar falastinlik bolalar va ayollar ularga hamrohlik qiluvchilar bilan birga O'zbekistonga keltirildi.
Hozirgi paytda ular davolanish va salomatliklarini tiklashlari uchun mamlakatimizdagi nufuzli reabilitasiya markazlari hamda shifoxonalarga joylashtirilmoqda.
"O'zbekiston 24" telekanali tomonidan tayyorlangan yuqoridagi videolavhada bu haqda batafsil hikoya qilinadi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.