Kimlar dori vositalarini oilaviy shifokorning elektron resepti asosida bepul olishi mumkin?
2024-12-20 15:25:00 / Yangiliklar
Reimbursasiya (reimbursement) ingliz tilidan olingan bo'lib, "xarajatlarni qoplash" ma'nosini anglatadi.
Reimbursasiya dasturida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida surunkali kasalliklarni ambulator sharoitda davolash uchun qabul qilinadigan dori vositalari uchun dorixona xarajatlarini Davlat tibbiy sug'urtasi jamg'armasi qoplaydi.
Quyidagi surunkali kasalliklarga chalingan, dispanser nazoratida turuvchi bemorlar oilaviy shifokor elektron resepti asosida bepul dori vositalarini olish huquqiga ega:
gipertoniya;
yurak ishemik kasalligi;
qandli diabetning ikkinchi turi;
bronxial astma;
o'pkaning surunkali obstruktiv kasalligi.
Dori vositalari Davlat tibbiy sug'urtasi jamg'armasi bilan shartnoma asosida xizmat ko'rsatuvchi dorixonalarda beriladi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.