SSV: raqamli sog'liqni saqlash platformasi "UZINFOCOM" bilan birgalikda yaratiladi
2024-11-22 16:35:00 / Yangiliklar
Xususan, O'zbekiston tibbiyotini transformasiya qilish jarayonida ham xuddi shu talab va ehtiyojlar alohida hisobga olingan. Prezidentimizning 2023 yil 1 maydagi "Sog'liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori ayni shu maqsadni ko'zlab qabul qilindi.
Unda sog'liqni saqlash tizimiga ilg'or raqamli texnologiyalarni tatbiq etish, raqamli sog'liqni saqlash platformasini yaratish, sohaning barcha darajalaridagi davolash-profilaktika muassasalari uchun ma'lumotlar bazasi kompleksini joriy etish, dasturiy ta'minot va elektron platformani ishlab chiqishga doir ustuvor vazifalar belgilangan.
Xususan, qarorda "raqamli sog'liqni saqlash islohotlarini qo'llab-quvvatlash" loyihasi Germaniya taraqqiyot banki (KfW banki) kredit va grant mablag'lari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan. Raqamli sog'liqni saqlash platformasini yaratish — mazkur istiqbolli loyihaning birinchi tarkibiy qismidir.
Kecha xuddi shu muhim vazifa ijrosi yuzasidan Sog'liqni saqlash vazirligi hamda Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha yagona integrator — "UZINFOCOM" MCHJ o'rtasida shartnoma imzolandi.
Xo'sh, "raqamli sog'liqni saqlash platformasi" qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?
Avvalo, sog'liqni saqlash tizimidagi barcha tibbiyot muassasalari yagona platformaga integrasiya qilinadi. Qolaversa, tibbiyot muassasalari va davlat tashkilotlari o'rtasida to'liq elektron ma'lumot ayirboshlash yo'lga qo'yiladi. Bu esa tizimda vaqt va resurslarni tejash imkoniyatini yuzaga keltiradi. Ish unumdorligi sezilarli darajada oshadi.
Hamkorlik shartnomasi Sog'liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov va "UZINFOCOM" MCHJ bosh direktori Emil Gimranov tomonidan imzolandi.
Sog'liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.