Ichki audit xizmati hisobotlari
Sirdaryo viloyati hokimligi ichki audit xizmatining 2025-yil I yarim yillik faoliyati natijalari boʻyicha
HISOBOTI
1. Umumiy maʼlumotlar.
Sirdaryo viloyati ichki audit xizmatiga 1 ta shtat birligi ajratilgan boʻlib, hokimlik tashkiliy tuzilmasiga koʻra bosh mutaxassis lavozimi shtati ajratilgan. Hokimlik ichki audit xizmati bosh mutaxassis lavozimiga 2025 yil 14 yanvardan mutaxassis ishga qabul qilingan, tizim tashkilotlari jami 48 tani tashkil etib. Shundan 27 tasi budjet tashkilotlari, qolgan 21 tasi nobudjet tashkilotlar hisoblanadi. (1-jadval).
2. Ichki audit yillik rejasida tasdiqlangan ichki audit tadbirlarining hisobot davrida rejalashtirilgan qismining bajarilishi holati.
Xovos tumani hokimligida 2025-yilga mo‘ljallangan “Ish rejasi”ga asosan o‘tkazilgan ichki audit tadbirida quyidagi xato va kamchiliklar aniqlandi.
Xovos tuman hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2010 yil 22 dekabrda 2169-son bilan ro‘yxatga olingan “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya xisobi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma talablariga rioya etilishi o‘rganilganda 24 ta xolatda 66 576,2 ming so‘mlik tovar-moddiy zaxiralar balansga kirim qilinmay xisobi yuritilmay kelinganligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684-sonli Qonunining 46-moddasiga zid ravishda 20 ta xolatda 365 605,6 ming so‘mlik tovar-moddiy boyliklar xarid qilinganligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684-sonli Qonunining 23-moddasiga zid ravishda 3 ta xolatda 57 316,0 ming so‘mlik tovar-moddiy boyliklar xarid qilinganligi aniqlandi.
Ish xaqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘g‘ri xisoblanib to‘lanishi o‘rganilganda 12 ta xolatda 22 874,7 ming so‘m ortiqcha to‘lovga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida xizmat safarlari xarajatlari o‘rganilganda 2 ta xolatda 2 707,5 ming so‘m ortiqcha to‘lovga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.
Asosiy vositalar xisobdan chiqarilishi o‘rganilganda 1 ta xolatda 84 594,0 ming so‘mlik asosiy vositalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2010-yil 22-dekabrda 2169-son bilan ro‘yxatga olingan “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma 81-bandi talablariga zid ravishda xisobdan chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi.
Xovos tuman hokimligi mas’ul xodimlariga o‘rganish davomida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Shundan 8 ta xolatda 17,3 mln so’m budjetga tiklandi.
hisobot davrida E-qaror elektron tizimi (https://e-qaror.gov.uz/) orqali viloyat hokimligi tomonidan mahalliy budjet qoʻshimcha mablagʻlari hisobidan ajratilayotgan mablagʻlar qonuniyligi profilaktikasi oʻtkazilganda 2025-yil
18 iyunda Yangiyer shahar Obod yurt madaniyat markazida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida kinoteatr uskunalari xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarga viloyat mahalliy budjetining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 175,0 (bur yuz еtmish besh) million so‘m mablag‘ Yangiyer shahar mahalliy budjetiga ajratish uchun Farmoyish kiritilgan bo’lib, profilaktik tadbir natijasida xarid qilinayotgan jihozlar qimmat narxda ekanligi aniqlanib, natijada 60,0 million so‘mlik noqonuniy xarajat oldi olindi.
Bundan tashqari; 2025-yil 5 mayda Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari B.Xudjamovning xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlari uchun 17.2 million so‘mga Farmoyish kiritilgan bo’lib, profilaktik tadbir natijasida Adliya vazirligidan 2015-yil 19 oktyabrda 2730-son bilan ro’yxatdan o’tgan nizomga asosan 1 sutkalik xarajat ortiqcha qo’yilganligi aniqlandi. Natijada 0,4 million so‘mlik noqonuniy xarajat oldi olindi.
2025-yil 12 fevralda “Mahallalardagi ijtimoiy xodimlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun 207 dona kompyuter jamlanmalari xarid qilish xarajatlariga” viloyat mahalliy budjetining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1018,0 (bir milliard o‘n sakkiz) million so‘mga Farmoyish kiritilgan bo’lib, profilaktik tadbir natijasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan 2024-yil 15 oktyabrdagi 01/19/4923-sonli xatida 112 dona kompyuter jamlanmalari xarid qilishda hokimlikdan amaliy yordam berishni so’raganligi ma’lum bo’ldi. Ortiqcha so’ralgan 95 dona kompyuter jamlanmalari uchun 460.4 million so‘mga Farmoyish summasi kamaytirilib, natijada 460.4 million so‘mlik noqonuniy xarajat oldi olindi.
Bundan tashqari; 2025-yil 3 martda. Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari B.Xudjamovning xizmat safari bilan bog‘liq xarajatlari uchun ilovaga muvofiq viloyat mahalliy budjetining zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 31.0 (o‘ttiz bir) million so‘mga Farmoyish kiritilgan bo’lib, profilaktik tadbir natijasida Adliya vazirligidan 2015-yil 19 oktyabrda 2730-son bilan ro’yxatdan o’tgan nizomning
4-bandiga asosan Havo transportida uchib ketilganda, agar xorijiy davlatga yetib borish sanasi xalqaro aviareysning O‘zbekiston Respublikasi aeroportidan uchib ketgan sanasidan keyingisiga to‘g‘ri kelgan hollarda (aviachiptaga asosan), jo‘nab ketish kuni uchun sutkalik xarajatlar berilmasligi belgilangan. Sirdaryo viloyati hokimining o‘rinbosari B.Xudjamov xizmat safariga 3 fevral Toshkent vaqti bilan 23-30 da uchganligi, 4 fevral 11-00 da Kuala-Lumpur shahriga etib borganligi sababli sutkalik xarajatlar 0.5 million so‘mga kamaytirilib. Natijada 0.5 million so‘mlik noqonuniy xarajat oldi olindi.
3. Hisobot davrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan, lekin amalga oshirilmagan ichki audit tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Hisobot davrida 1 ta ichki audit tadbiri oʻtkazilishi rejalashtirilgan bo’lib, ichki audit tadbiri yakuniga yetkazilgan.
4. Ichki audit obyektlari tomonidan chora-tadbirlar rejasining bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
1 ta nazorat ob’ektda o’tkazilgan ichki audit tadbirida 6 ta taklif va tavsiyalar berilgan bo’lib, shundan 5 tasi bajarildi. (6-jadval).
Quyidagi taklif va tavsiyalar berilgan;
-Ish haqi hisoblashda shtatlar jadvaliga qat’iy rioya etilib,foydalanilmagan mehnat ta’tili uchu to’lanadigan pullik kompensatsiya va mehnat ta’tili pullari tashkiliy-kadrlar bo’limi tomonidan necha kunga to’lanishi Farmoyish matnida to’liq ko’rsatilishi ta’minlash.
- Yillik va choraklik hisobotlar tuzishda harid qilingan asosiy vositalar va Tovar moddiy boyliklar balansga kirim va chiqim qilinishi nazoratga olish.
-Asosiy vositalar va Tovar moddiy boyliklar harid qilishda raqobatni cheklovchi va manfaatlar to’qnashuvi yuzaga keladigan holatlardan voz kechish, Tovar hom ashyo birjasi orqali harid amalga oshirilganda qismlarga ajratib lot kiritish holatlarni to’liq bartaraf etish.
-O‘zbekiston Respublikasi hududida va chet el xizmat safarlari xarajatlari aniq xisob kitob qilinib bo‘nak xisobotlari tasdiqlangan xujjatlar bilan xizmat safari yakunlangandan so‘ng 3 ish kunida buxgalteriyaga topshirilishi nazoratga olish va boshqalar.
5. Hisob palatasining "Masofaviy nazorat" AAT orqali kelib tushgan xavf tahlillari.
hisobot davrida “masofaviyaudit” DM orqali 316 ta holatda 1 028.3 mln so‘mlik shubhali holatlar hokimlikka yuborilgan bo’lib, shundan 257 ta holatda 976.4 mln so‘mlik aniqlangan holatlar bartaraf etildi. Shundan 2-corakda 27.6 m mln so‘mlik aniqlangan holatlar bartaraf etildi (7-jadval).
Jumladan; YaMMTda mehnat shartnomalarsiz UzASBOda oylik ish haqi hisoblanganligi yuzasidan 3 ta holatda 27.6 mln so‘mlik aniqlangan holatlar YaMMTga ishga qabul qilinganligi to’g’risidagi buyruqlar kiritilib bartaraf etildi.
Qolgan holatlar bo’yicha “masofaviyaudit” DM dasturiga ma’lumotlar yuklanib, Hisob palatasi tomonidan nazoratdan yechish uchun yuborilgan.
6. Ichki audit xizmati faoliyati sifatini taʼminlash (baholash) va oshirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar.
Hisobot davrida ichki audit xizmati faoliyati sifatini taʼminlash (baholash) va oshirish boʻyicha ishlar amalga oshirilmagan. (8-jadval).
7. Davlat organi va tashkiloti tizimidagi budjet hisobidan moliyalashtirilmaydigan nobudjet muassasa va tashkilotlarda moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan nazorat ishlariga oid hujjatlarning monitoringi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar
Faoliyat davomida tizimdagi budjet hisobidan moliyalashtirilmaydigan tashkilotlarda moliyaviy-xoʻjalik faoliyati boʻyicha oʻtkazilgan nazorat ishlariga oid hujjatlarning monitoringi amalga oshirilmagan. (9-jadval).
8. Aniqlangan tizimli kamchiliklar, xavflar va ularning oldini olish hamda bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar (taklif va tavsiyalar)
Aniqlangan tizimli (koʻp uchrayotgan) kamchiliklar, xavflar hamda ularning oldini olish (bartaraf etish) boʻyicha koʻrilayotgan choralar (taklif va tavsiyalar) berilmagan. (10-jadval).
9. Davlat organi va tashkiloti faoliyatida budjet intizomini mustahkamlash, xavflarni profilaktika qilish hamda budjet xarajatlari natijadorligi va samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar.
budjet intizomini mustahkamlash, shaffoflikni taʼminlash, xavflarni profilaktika qilish hamda budjet xarajatlari natijadorligi va samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar mavjud emas.
10. Ichki audit xizmati faoliyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar.
Ichki audit xizmati faoliyatini rivojlantirish boʻyicha takliflar mavjud emas.
- Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash natijalari.
Sirdaryo viloyati hokimligi ichki audit xizmati xodimlarining 2025-yil II chorakdagi faoliyati samaradorligi a’lo (97%) tashkil etib, shundan profilaktika tadbirlari uchun 30%, masofaviy audit tadbirlari uchun 30%, yillik rejani bajarilishi uchun 20% va takliflar ijrosi uchun 17% tashkil etdi.
