Sirdaryo delegatsiyasi Fujianning yetakchi sanoat korxonalarida bo‘ldi
2025-10-31 09:05:00 / Yangiliklar
Xitoy Xalq Respublikasining Fujian muzofotida bo‘lib turgan viloyatimiz delegatsiyasi bugun qator yirik korxonalarda bo‘ldi. Tashrif doirasida ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi.

Xitoy Xalq Respublikasining Fujian muzofotida bo‘lib turgan viloyatimiz delegatsiyasi bugun qator yirik korxonalarda bo‘ldi. Tashrif doirasida ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishildi.
Dastlab delegatsiya a’zolari Snowkey Group kompaniyasida bo‘lib, katta hajmli muzlatgichlar uchun kompressor va dvigatellar ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishishdi. Kompaniya mahsulotlari Xitoyning turli mintaqalari hamda xorijiy bozorlarga eksport qilinadi.
Shuningdek, Hoardsun Technology Group korxonasida uchrashuv o‘tkazilib, zamonaviy texnologiyalar va sanoat uskunalarini ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.





