Erkinjon Turdimov Сhjao Lun bilan uchrashuv o‘tkazdi
2025-10-30 17:45:00 / Yangiliklar
Bugun Sirdaryo viloyati rahbari Erkinjon Turdimov Xitoyning Fujian muzofoti gubernatori Сhjao Lun bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, investitsiyaviy va sanoat sohalarida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Сhjao Lun Sirdaryo viloyati bilan hamkorlik qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab, Fujian tomoni bu yo‘nalishdagi tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tib, ikki hudud o‘rtasidagi amaliy aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha kelishuvga erishildi.



