Sirdaryo delegasiyasi Xitoyda — yangi investisiya yoʻnalishlari muhokamada
2025-10-29 15:15:00 / Yangiliklar

Ruian Quanji Agricultural Development, Heben International, China Wenren, Taizhou Shanda International Trade, Fourone System va Sichuan Tenzhui Jie kompaniyalari rahbarlari bilan oʻtkazilgan uchrashuvlarda hamkorlikni kengaytirish, investisiya jalb etish hamda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida Xitoylik hamkorlar Sirdaryoning iqtisodiy salohiyati va investision muhiti bilan tanishdilar. Ular Prezident rahbarligida Oʻzbekistonda, xususan Sirdaryo viloyatida, yirik investisiya loyihalarini amalga oshirish uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratilganini ta'kidladilar.
Uchrashuvlarda qishloq xoʻjaligi, farmasevtika, sanoat texnoparki, qurilish materiallari va innovasion texnologiyalar yoʻnalishlarida hamkorlik boʻyicha aniq takliflar ilgari surildi.
