Sirdaryo viloyati va Iu shahri hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda
2025-10-29 09:40:00 / Yangiliklar
Bugun Sirdaryo viloyati rahbari Erkinjon Turdimov Xitoy Kommunistik partiyasining Iu shahri qoʻmitasi kotibi E Bangruy bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuvda Iu shahrining kichik biznes va sanoatni rivojlantirishdagi tajribasi muhokama qilinib, uni Sirdaryo viloyatida qoʻllash imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Xususan, viloyatda kichik ishlab chiqarish korxonalari va savdo markazini tashkil etish, tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Tomonlar ikki hudud oʻrtasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, investisiyaviy va savdo aloqalarini kengaytirish boʻyicha kelishib oldilar.
