Sirdaryoda mahalliylashtirish dasturini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish vazifasi qo`yildi
2025-07-09 08:55:00 / Yangiliklar

Sirdaryoda mahalliylashtirish dasturini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish vazifasi qo`yildi
Video: https://youtu.be/vf4dXqehQyE
Sirdaryo viloyatida joriy yilning 6 oyi davomida 1 trln so`mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi ko`zda tutilgan bo`lib, bu raqam rejadan 156% ko`p deganidir!
Bu natijalar – mahalliy sanoatni rivojlantirishda muhim qadam, importga bog`liqlikni kamaytirish yo`lida erishilayotgan yutuqdir.Shu bilan birga, e`tibor talab etuvchi jihatlar bor.
Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov rahbarligida mahalliylashtirish dasturining bajarilishi holati tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.
Viloyat rahbari reja Boyovut tumanida 50%, Sardoba tumanida 83% bajarilishi holatiga qat`iy e`tibor qaratib, tegishli hudud rahbarlariga muammolarni aniqlash, korxonalar bilan ochiq muloqot o`rnatish, har bir loyihaning amaliy ijrosini ta`minlash bo`yicha topshiriqlar berdi.
Muhokamada ayrim shahar va tumanlar 2–3 yildan beri mahalliylashtirish dasturiga hech qanday loyiha kiritmayotganligiga e`tiroz bildirildi. Davlat rahbarining qarorlariga asosan har bir tumanda 30 tadan yangi import o`rnini bosuvchi investitsiya loyihasi shakllantirilishi shartligi bilrildi.
Erkinjon Turdimov hozirgacha taqdim etilgan 194 ta loyiha — yaxshi qadam, lekin yetarli emasligini bildirdi. Ayrim hududlarda loyihalar soni va sifati bo`yicha yetarli darajada ish olib borilmayotganligini tanqid qildi.
Yakunda viloyat rahbari tomonidan shahar va tuman hokimlariga bir hafta muddatda dasturga yangi, sifatli, eksportbop va import o`rnini bosuvchi loyihalar taqdim etish vazifasi yuklatildi.

