🎞 Sirdaryoda kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta`minlash — amaliy natija va qat`iy nazorat ostida
2025-07-08 12:55:00 / Yangiliklar
🎞 Sirdaryoda kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta`minlash — amaliy natija va qat`iy nazorat ostida
Batafsil video: https://www.youtube.com/watch?v=q20QbXd6Tsw
Bugun Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov rahbarligida viloyatda kambag`allikni qisqartirish, aholi bandligini oshirish borasidagi ishlar muhokamasi bo`lib o`tdi.
Muhokama jarayonida sohaga mas`ul rahbarlar va tuman (shahar) hokimlari faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Bu galgi yig`ilish shunchaki hisobot emas, balki real natijalarga yo`naltirilgan, tanqidiy tahlil va qat`iy topshiriqlar muhitida o`tdi.
Kambag`allikni qisqartirish mas`ullik va tizimli yondashuv talab etadi. O`tgan davrlarda yetarlicha so`rov bo`lmaganligi sabab, ba`zi rahbarlar kambag`allikni qisqartirish bo`yicha yetarlicha faoliyat yuritmagani ta`kidlandi.
Biroq, Guliston va Shirin shaharlarida belgilangan rejalar orttirib bajarilgani, bu sohada tizimli va samarali ishni yo`lga qo`yish mumkinligini isbotladi.
Shu bilan birga, Sardoba, Mirzaobod, Boyovut, Oqoltin, Sirdaryo tumanlarida reja ko`rsatkichlari past ekanligi qayd etildi. Bu hududlarda ishni jadallashtirish bo`yicha qat`iy ko`rsatmalar berildi.
Kambag`al aholi uchun 364 gektar o`rmon fondi yerlarini ajratish, dorivor o`simliklar yetishtirish, turizm xizmati orqali ish o`rinlari yaratish bo`yicha tashabbuslar belgilangan.Shu bilan birga, ayrim rahbarlar tomonidan bu imkoniyatlardan to`liq foydalanilmayotgani ma`lum qilindi va bu borada aniq choralar belgilandi.
Yanvar-iyun oylari davomida viloyatda 89 ming aholi daromadli mehnat bilan ta`minlanib, reja 101 foizga bajarildi.Bu — kambag`allikka qarshi kurashda asosiy omil — bandlikni ta`minlash bo`yicha yo`lga qo`yilgan tizimli ishlarning natijasi. Ayrim tumanlarda investitsiya va qishloq xo`jaligi yo`nalishlarida kamchiliklar bor, shu bois 10 iyul kunigacha barcha qoloqliklar bartaraf etilishi shartligi ta`kidlandi.
