Sirdaryo viloyatida 1-chorakda amalga oshirilgan ishlar
2025-06-06 09:00:00 / Yangiliklar

Viloyatdagi mavjud yirik korxonalar bilan kichik biznes subyektlari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarining mustahkamlanishi natijasida, tadbirkorlik subyektlari soni yildan-yilga ortib bormoqda, o‘tgan davr mobaynida kichik biznes subyektlari soni 19 121 tani tashkil etib, 2017 yilga nisbatan 2,5 barobarga oshirishga erishildi.
Xizmatlar sohasida so‘nggi besh yilda 50 ta yangi tarmoqlar tashkil etilib, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 11 mingtadan oshdi. Ushbu korxonalar tomonidan 70 dan ortiq xizmat turlari ko‘rsatilib kelinmoqda.
Bugungi kunda viloyatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 81,9 foizi, jumladan 40,7 foizi elektr energiyasi ishlab chiqarish, 18,7 foizi oziq-ovqat mahsulotlari, 10,6 foizi to‘qimachilik mahsulotlari 4,2 foizi rezina va plastmassa mahsulotlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Taʼkidlaganimizdek, hududda energetika, metallurgiya, kimyo, , qurilish materiallari, farmatsevtika barqaror rivojlangan. “Sirdaryo Mega Luks” MCHJ “Sirdarya Ceramic Production” MCHJ, “Baxtteks-Farm” MCHJ, kabi yirik sanoat quvvatlari faoliyat ko‘rsatadi. Ularda yiliga 11 trln so‘mdan ziyod sanoat mahsulotlari tayyorlanadi.
Bugun ularning yoniga “Acwa Power Sirdarya”, “Asaka Motors International” korxonalar qo‘shilib, hududlarda ishlab chiqarishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Viloyat investitsion jozibadorligining oshishi katta kichik shahar qo‘rg‘onlardan tortib, eng olis ovullarda ham investitsiya loyihalarining ishga tushirilib, mahsulotlar eksportining ko‘payishiga hamda yangi ish o‘rinlarini tashkil etilishiga va buning natijasida aholi daromadlarining o‘sishiga zamin yaratmoqda.
Viloyat investitsion jozibadorligining oshishi katta kichik shahar qo‘rg‘onlardan tortib, eng olis ovullarda ham investitsiya loyihalarining ishga tushirilib, mahsulotlar eksportining ko‘payishiga hamda yangi ish o‘rinlarini tashkil etilishiga va buning natijasida aholi daromadlarining o‘sishiga zamin yaratmoqda.
Xususan, Sirdaryo viloyatida 2018-yilning 1-yanvarida xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar soni 85 tani tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni 237 tadan oshib, qariyb 2,8 barobarga yetdi.
Keyingi yillarda bunyodkorliklar ko‘lami yana-da oshib, viloyatda 2017-2024-yillar davomida davlat dasturlari doirasida hamda byudjet mablag‘lari hisobidan umumiy qiymati 1 trillion 130 milliard so‘m bo‘lgan 387 ta ijtimoiy soha obyektlari va umumiy qiymati 80,05 milliard so‘m bo‘lgan 24 ta sport komplekslari yangidan qurilib va kapital rekonstruksiyadan chiqarilgan.
Xususan, 134 ta umumtaʼlim maktabi, 134 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari, 119 ta sog‘liqni saqlash obyektlari yangidan qurilib va kapital rekonstruksiyadan chiqarilgan.
Shuningdek, mamlakatimizda keyingi yillarda aholini xususiy uy-joylar bilan taʼminlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
O‘z boshpanasiga ega kishining ertangi kunga ishonchi mustahkam bo‘ladi. Viloyatimizda ham keyingi besh yilda 91 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilib, so‘ngi yillarda uy-joy qurilishi ko‘lami qariyb 3,2 baravarga oshdi. Mazkur qurilishlarga davlat byudjeti va tadbirkorlik subyektlarining mablag‘lari yo‘naltirilib, 3 389 ta xonadonli arzon hamda tijorat uy-joylarining kaliti o‘z sohiblari ixtiyoriga topshirildi.
Viloyatda 2025-yilning 1-yanvar holatiga maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 1117 tani tashkil etib, 2017-yilga nisbatan 7,2 barobarga ko‘paydi.
Taʼlim va tarbiyaning keyingi bosqichi umumiy o‘rta taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha ham muayyan yutuqlarga erishildi. Chunonchi, 2023-2024 o‘quv yilida viloyatdagi 314 ta maktabni 9771 nafar o‘quvchi tamomlab, shulardan 5153 nafari (52,7 foiz) oliy taʼlim muassasalariga talabalikka qabul qilindi. Bu respublikadagi 6-o‘rin ko‘rsatkich.
Sirdaryo viloyati so‘nggi yillarda Respublikada yetakchi bo‘lib, taʼlim tizimiga berilayotgan eʼtibor alohida eʼtirof etildi.
Oxirgi 3-4 yil ichida Sirdaryo viloyatida 1 ta alohida Guliston davlat pedagogika instituti tashkil etilib, taʼlim sifati va samaradorligi yana-da oshirilgani ham eʼtirofi jihatlardan biridir.
Mamlakatimizda inson hayoti uchun muhim va zarur sohalardan biri bo‘lgan — sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, uni jahon talablari darajasiga ko‘tarish va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi.
Bugungi kunda viloyatda 11 ta shahar, tuman tibbiyot birlashmasi, 11 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar, 38 ta oilaviy poliklinika, 73 taoilaviy shifokor punktlari faoliyat yuritmoqda.
Bundan tashqari, 15 nafar yurak xastaligi bo‘lgan yoshlar homiylar hisobidan jarrohlik amaliyotlari o‘tkazilib, sog‘lomlashtirildi.
Sirdaryoda viloyatlar ichida ilk marotaba 21 nafar bemorda buyrak transplantatsiyasi muvafaqqiyatli amalga oshirildi.
Viloyatda so‘nggi 5 yilda xususiy tibbiyot muassasalari soni 1,5 barobar ko‘payib, 144 taga yetdi.
Viloyatda 2023-2024-yillarda turizm sohasi bo‘yicha umumiy qiymati 625,8 mlrd so‘mlik jami 83 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 2023 yilda umumiy qiymati 86,9 mlrd so‘mlik 20 ta, 2024 yilda umumiy qiymati 37,6 mlrd so‘mlik 13 ta, jami 124,5 mlrd so‘mlik 33 ta loyihalar amalga oshirildi.
Natijada, 2024-yilda investitsiya dasturlari doirasida 1 ta xostel, 1 ta dam olish maskani, 1 ta yo‘l bo‘yi turizm xizmatlari va 10 ta xususiy tibbiyot muassasalari, savdo komplekslari, umumiy ovqatlanish xizmati boshqa turizm xizmatlariga oid loyihalar ishga tushirilib, jami 120 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi. Viloyatda jami joylashtirish vositalari soni 59 taga yetkazildi, shundan, 13 ta mehmonxona, 24 ta xostel, 22 ta mehmon uylari.
2024-yil davomida viloyatga 113,8 ming nafardan ortiq xorijiy va 486,3 ming nafar mahalliy sayyohlar tashrifi kuzatilib, 2023-yilga nisbatan o‘sish ko‘rsatkichi 13 foizga oshdi. Turizm eksporti hajmi 24,2 mln dollarga yetkazildi.
O‘tgan davrda “Ko‘hna Xovos” arxeologik yodgorligi muqaddas qadamjoni obod etish bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilib, bugungi kunda mazkur muqaddas maskanlar nafaqat mahalliy turistlar, balki xorijlik mehmonlarga ham xizmat ko‘rsatmoqda.
QISHLOQ XO‘JALIGI YO‘NALISHIDA:
Viloyat hududlarida 2017-2025 yillar davomida jami 36 ming gektar yer maydonlari o‘zlashtirildi.
O‘zlashtirilgan maydonlarning 280 gektardan ko‘proq maydonlarga uzumzorlar va mevali bog‘lar barpo etildi.
10,8 ming gektar maydonga qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilib, qo‘shimcha 72 ming tonnadan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirilmoqda.
Yer maydonlarni o‘zlashtirish hisobiga 9 ming 541 nafardan ortiq ish o‘rinlari yaratilib aholi bandligi taʼminlanishiga erishildi.
QURILISH YO‘NALISHIDA:
2025-yil uy-joy qurilishi dasturi doirasida viloyatda jami 3100 xonadonli 72 ta uy-joylar qurilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kunda amalda 313 xonadonli 8 ta (19404 ming kv.m)ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi. Xususan:
Yangiyer shahar “Yangi O‘zbekiston” massivi umumiy maydoni 16 gektar tashkil etib, shundan 1,04 gektar (26 ta 520 xonadon), Boyovut tumani “ Yangi O‘zbekiston ” massivi umumiy maydoni 30 gektar tashkil etib, shundan 0,76 gektar (12 ta 864 xonadon) yer maydon auksion savdolari orqali sotilgan.
Ushbu “Yangi O‘zbekiston” massivlarining har biriga 1 tadan yangi maktab, maktabgacha taʼlim muassasasi, oilaviy shifokorlik punktlari hamda 32 dan ortiq xizmat ko‘rsatish obyektlari qurib foydalanishga topshirildi va to‘liq muhandislik kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlandi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi tashkil etilganligiga uch yil bo‘lgan bo‘lsa, ushbu davr oralig‘ida viloyatimiz hududida qariyb 50,5 million dona har xil turdagi daraxt va buta ko‘chatlarini ekilib, 148,9 gektar ortiq yer maydoniga “yashil bog‘”, “yashil belbog‘”, “yashil jamoat parki” tashkil etildi hamda joriy yildan boshlab “mening bog‘im” loyihasiga start berildi.
Maʼlumot uchun: bugungi kunga qadar 28 ta “yashil bog‘”, 13 ta “yashil belbog‘”, 31 ta “yashil jamoat parki” tashkil etilgan.
Mazkur, "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida viloyatda yiliga o‘rtacha 14 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekilib, yashillik darajamiz 14,1 foizga oshirildi.
TURIZM SOHASIDA:
2025-yilning I choragi davomida viloyatga 11,1 ming ming) nafar xorijiy va 78,1 ming nafar mahalliy sayyohlar tashrifi kuzatildi. 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish ko‘rsatkichi 8 foizga oshdi. Turizm eksporti hajmi 2,45 mln dollarga yetkazildi. 2025-yil I choragida Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy davlatlaridan eng ko‘p xorijiy sayyohlar oqimi kuzatildi. (10,5 ming).
2024-yilning birinchi choragida 8,3 ming nafar xorijiy va 73,8 ming nafar mahalliy sayyohlar tashrifi kuzatilgan.
2023-yilga nisbatan o‘sish 8 foizga oshgan.
2025-yilning I choragi davomida 1 ta (1 ta mehmonxona) joylashtirish vositalari tashkil etildi.
2016-yilda viloyat bo‘yicha faqatgina Guliston shahrida 5 ta mehmonxonada 146 ta o‘rin mavjud edi. Turizm sohasini qo‘llab quvvatlanayotganligi, 45 dan ortiq davlatlar bilan vizasiz rejim joriy etilganligi natijasida mehmonxonalarga bo‘lgan talab keskin ortdi.
Bugungi kunga kelib viloyatdagi joylashtirish vositalari soni 59 taga o‘rinlar soni 1196 taga yetkazildi, shundan: 13 ta mehmonxona, 24 ta xostel, 22 ta mehmon uylari.
2025-yilning I choragida 1 ta tur-kompaniyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularning soni 30 taga, tur-marshrutlar soni 15 taga yetkazildi.
2016-yilda ushbu ko‘rsatkich bor yo‘g‘i 2 tani tashkil etgan xolos.
