Sirdaryoda "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqalarining mintaqaviy bosqichi davom etmoqda
2025-05-30 08:05:00 / Yangiliklar

Yangiyer shahar sport maktabida Prezidentimiz tashabbusi bilan butun mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamda o‘tkazilayotgan "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqalarining #Taekvondo (WT) bo‘yicha mintaqaviy bahslari bo‘lib o‘tdi.
Tantanali ochilish marosimida Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirov, viloyat Sport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Buranov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining Sirdaryo viloyati bo‘limi ijrochi direktori Bahodurxo‘ja Eshonov, O‘zbekiston Taekvondo (WT) assotsiatsiyasi hududiy bo‘limlari uchun mas'ul Husniddin Xo‘jamqulov, mutasaddi tashkilot rahbarlari, jamoatchilik vakillari hamda yosh sportchi va murabbiylar ishtirok etdi.
Bugungi mintaqaviy bosqichda Xovos, Boyovut tumanlari hamda Shirin va Yangiyer shahridan 10 ta vazn toifasida "Sport maktablari" hamda "Sport klublari"dan kelgan sportchilar g‘oliblik uchun bellashdi.
Musobaqaning yakunida g‘olib va sovrindor sportchilar tantanali tarzda medal, diplom hamda sport formalari bilan taqdirlandi hamda "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqalarining viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
