Viloyat yoshlar markazida “1-iyun – Xalqaro bolalar kuni” munosabati bilan shaxmat bo‘yicha viloyat birinchiligi o‘tkazilmoqda
2025-05-29 14:20:00 / Yangiliklar
Viloyat yoshlar markazida “1-iyun – Xalqaro bolalar kuni” munosabati bilan shaxmat bo‘yicha viloyat birinchiligi o‘tkazilmoqda

Bugun viloyat yoshlar markazi binosida 1-iyun – “Xalqaro bolalar kuni” munosabati bilan sportning shaxmat turi bo‘yicha 5–8 yosh toifasidagi yosh shaxmatchilar o‘rtasida viloyat birinchiligi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur musobaqada viloyatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 100 nafarga yaqin yosh o‘g‘il-qizlar ishtirok etib, o‘zaro bellashuv olib bormoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi – bolalarni intellektual sport turlariga keng jalb etish, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat.
