Tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-04-14 14:05:00 / Yangiliklar
Tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasida viloyat rahbari Erkinjon Turdimovning tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ishtirok etish uchun jami hafta davomida 36 ta murojaat ro‘yxatga olinib, ulardan 27 tasi qabul vaqtiga qadar ijobiy hal etildi. Qolgan 9 ta tadbirkorlik subyektining muammolari mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi.
