Kuvayt kompaniyasi Boyovutda innovatsion parrandachilik fermasini tashkil etishga qiziqish bildirmoqda
2025-01-03 18:00:00 / Yangiliklar

Kuvayt vakili Sirdaryo viloyati, xususan Boyovut tumanining savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va eksport salohiyati bilan tanishtirildi.
Ali al-Harbiy Boyovut tumanida 10 gektar yer maydonda innovatsion parrandachilik fermasini tashkil etish loyihasiga 5 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.
Loyihaning asosiy maqsadi oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash doirasida halol tovuq mahsulotlarini O‘zbekistondan qo‘shni davlatlarga, Yaqin Sharq va Osiyo mamlakatlariga eksportni amalga oshirishdan iborat.
O‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab olish maqsadida AAH Commercial Company kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga safarini uyushtirishga kelishib olindi.
