"Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili
2024-12-30 12:00:00 / Yangiliklar

Unda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabrdagi «Obod va xavfsiz mahalla» tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qarorining mazmun- mohiyati to‘g‘risida so‘z yuritilib, kelgusida mazkur qaror asosida viloyat hududida ijtimoiy profilaktika ishlarining yana-da samaradorligini oshirish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash borasida nafaqat Ichki ishlar, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tizimida faoliyat olib borayotgan «mahalla yettiligi» hamda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi boshqa davlat organlari va tashkilotlar oldida turgan dolzarb va muhim vazifalarga eʼtibor qaratildi.
Sirdaryo viloyati IIB JXX HPB boshlig‘i o‘rinbosari-ijtimoiy profilaktika bo‘limi boshlig‘i mayor M.Bozorov mahallalarda huquqbuzarlik sodir etish va undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan shaxslarga huquqiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy, pedagogik va boshqa turdagi yordam ko‘rsatish masalalariga eʼtibor qaratib, mahallalar vakillariga “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida faoliyatni tashkil etish, hududlarda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sog‘lomlashtirish, ijtimoiy profilaktika obyektlari bilan tizimli ishlash bo‘yicha tushuncha berdi.
– Xalqimizning tinch va osoyishta hayot kechirishida mahallalarning o‘rni nihoyatda katta. Qolaversa, mahallalar tizimi aholi va davlat organlari o‘rtasida ishonchli “ko‘prik” vazifasini o‘taydi. Vazirlar Mahkamasining qarorida esa, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili, u asosda ishni tashkil etish bo‘yicha, kelgusida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘rsatib o‘tilgan. Gulistonda o‘tkazilgan o‘quv-seminar davomida mazkur qarornda belgilab berilgan vazifalar to‘g‘risida yuzaga kelgan tushunmovchiliklarga mutaxassislardan javob oldik. Bu esa, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ishni tashkil etishimizda, mahallalar aholisining tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashimizda nihoyatda qo‘l keladi,–deydi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Uyg‘un Hotamov.


