Xitoyga amaliy safar davom etmoqda
2024-12-05 18:20:00 / Yangiliklar
Amaliy tashrif bilan Xitoyga borgan viloyatimiz delegatsiyasi aʼzolarining bir guruhi bugun Tyanszin shahrida bo‘lib, Baodi sanoat tumanida o‘tkazilgan biznes-forumida qatnashdi.

Taʼkidlanishicha, bu yerda joylashgan texnoparklarda asosan avtomobilsozlik, mebelsozlik, yog‘ochsozlik, metallurgiya, farmatsevtika, to‘qimachilik kabi sohalarga ixtisoslashgan 5 mingdan ziyod sanoat korxonalar faoliyat yuritadi.
Forum doirasida 30 ga yaqin ana shunday yirik ishlab chiqarish quvvatlari vakillari bilan muzokaralar olib borildi. Sirdaryo viloyatining iqtisodiy imkoniyati va investitsiya salohiyati taqdimot qilindi.
Yakunda hamkorlikdagi ishlarning ilk debochasi sifatida "Sirdaryo — Tyanszin birodarlik ofisi"ni ochish to‘g‘risida kelishuv imzolandi.
