Fudjou shahrida Sirdaryo viloyati ofisi ochiladi
2024-12-03 18:00:00 / Yangiliklar

Viloyatimiz vakillari tashrif dasturi doirasida bugun Fudzyan provinsiyasi Fudjou shahrida bo‘lib o‘tgan biznes forumida ishtirok etdi. Unda hukumat va 30 dan ziyod xitoylik ishbilarmon doira vakillari bilan “G2B” muzokaralari, “B2B” uchrashuvlari o‘tkazildi. Sirdaryo viloyatining iqtisodiy imkoniyati va investitsiya salohiyati taqdimot qilindi.
Forum yakunida Fudzyan shahrida Sirdaryo viloyati ofisini ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ikki hudud tadbirkorlarini bog‘lash, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish, eksportni rivojlantirish hamda investitsiyalarni jalb etish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishdan iborat.
Delegatsiyaning Xitoyga safari 7 dekabrga qadar davom etadi.




