137 NAFAR FUQARO, 150 GA YAQIN MUROJAAT: MUAMMOLAR YEÇIMI IZLANDI
2026-11-23 18:30:00 / Yangiliklar
Prezidentning Sirdaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasida viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Kadirovning fuqarolar uçun şaxsiy qabuli ötkazildi.

Qabul davomida 137 nafar fuqaroning 150 ga yaqin murojaat va takliflari körib çiqildi. Ularda tadbirkorlik uçun yer ajratiş, imtiyozli kredit va subsidiyalar oliş, qurilişdagi kamçiliklarni bartaraf etiş, kadastr, bandlik, uy-joy kabi masalalar kötarildi.
Şuningdek, ijtimoiy yordam, bolalar nafaqasi, davolaniş, aliment undiriş, kredit va soliq qarzdorligi, içimlik suvi, elektr va gaz ta’minoti bilan boğliq murojaatlar ham bildirildi.
Murojaatlarning aksariyat qismiga şu joyning özida yeçim topildi. Qöşimça örganiş va vaqt talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ul taşkilotlar rahbarlariga aniq topşiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.
