SIRDARYODA YAPONIYA MEHNAT BOZORI UÇUN MALAKALI KADRLAR TAYYORLANADI
2026-11-20 19:55:00 / Yangiliklar

SIRDARYODA YAPONIYA MEHNAT BOZORI UÇUN MALAKALI KADRLAR TAYYORLANADI
Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Kadirov Yaponiyaning “Onodera User Run” kompaniyasi rahbari Jun Kato bilan uçraşdi.
“Onodera User Run” kompaniyasi mutaxassislarni kasbiy jihatidan tayyorlaş, Yaponiya korxona va taşkilotlariga işga joylaştiriş bilan şuğullanadi.
Ma’lum qilinişiça, hozirda Özbekistonda Yaponiyaning 16 ta kompaniyasi malakali kadrlarga ehtiyoj bildirmoqda. Kelgusi yilda yana önlab Yaponiya kompaniyalari Özbekistonga kelişi va ular uçun minglab mutaxassislar zarurligi kutilmoqda.
Viloyat rahbari texnikumlarda kasbiy ta’limni yapon tili bilan uyğunlaştiriş, xorijiy iş beruvçilar buyurtmalarini öquv dasturlariga kiritiş hamda tibbiyot, haydovçilik, logistika va sanoat yönalişlarida aniq kelişuvlar asosida kadrlarni tayyorlaş zarurligini ta’kidladi.
Uçraşuv yakunida Sirdaryo viloyati hokimligi va “Onodera User Run” kompaniyasi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
