Paxta dalasida terimçilar bilan muloqot
2026-10-30 23:20:00 / Yangiliklar
Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Doniyor Kadirov Guliston tumanidagi paxta dalalarining birida bölib, qöl terimida iştirok etayotgan aholi, xususan, terimçi ayollar bilan suhbatlaşdi.

Muloqot davomida terimçilarning mehnat şaroitlari, kunlik terim körsatkiçlari va mavsumning taşkil etilişi bilan qiziqildi. Terimçi ayollar bir kunda 200 kilogrammgaça paxta terayotganini bildirişdi.
Şuningdek, suhbatda paxta yiğim-terimiga fuqarolar ixtiyoriy ravişda jalb etilayotgani, majburiy mehnatga yöl qöyilmayotgani hamda terimçilarning mehnat huquqlariga rioya etilişi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Viloyat rahbari terimçilarning mehnatini qadrlaş, ularni qöllab-quvvatlaş va mavsum davomida munosib rağbatlantiriş muhimligini ta’kidladi. Eng yuqori natija körsatib, eng köp paxta tergan terimçilar viloyat hokimining maxsus sovğalari bilan taqdirlanişini ma’lum qildi.


