Bir tovuş – bir harf tamoyiliga ötilmoqda
2026-10-28 09:45:00 / Yangiliklar
2026-yil 21-oktabr kuni “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida” Qonun qabul qilindi.

Bugungi kunda davlat tilining mavqeyi faqat uning rasmiy maqomi bilan emas, balki ta’lim, ilm-fan, iş yuritiş, axborot texnologiyalari, ommaviy axborot vositalari va xalqaro hamkorlikda qançalik keng qöllanilişi bilan ham belgilanadi. Şu nuqtai nazardan, alifbo va imlo qoidalarini takomillaştiriş til siyosatining muhim yönalişlaridan biri hisoblanadi.
Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştiriş, davlat tilining nufuzini oşiriş va uning zamonaviy axborot texnologiyalarida qöllaniş imkoniyatlarini kengaytirişga qaratilgan.
