Fuqarolar murojaatlari ijrosi va muammolar yechimi — doimiy e’tiborda
2026-10-27 09:40:00 / Yangiliklar

Qabulda 120 nafar fuqaro 150 dan ortiq murojaat va taklif bilan qatnashdi. Murojaatlar kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, soliq qarzdorligi, buzilishga tushgan uy-joylar uchun kompensatsiya mablag‘larini undirish, sud-huquq masalalari, ishga joylashish, elektr energiyasi ta’minoti, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yer ajratish, kontrakt to‘lovini amalga oshirishda ko‘maklashish, yaqinlarini davolatish hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalarni qamrab oldi.
Qabul davomida har bir murojaat tegishli mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Ayrim masalalar yuzasidan joyida tegishli choralar belgilandi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha esa mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi.
