Sirdaryoda baliqchilik va parrandachilik sohasida yirik loyihalar amalga oshiriladi
2026-10-22 14:25:00 / Majlislar

Viloyat rahbari taklifni qo‘llab-quvvatlab, baliqchilikni kooperatsiya asosida rivojlantirish, mahalliy aholini Xitoyning zamonaviy baliq yetishtirish texnologiyalariga o‘rgatish va ularni ushbu jarayonga keng jalb etishni taklif qildi. Mazkur yondashuv orqali yuzlab ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish hamda baliqchilikni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyati mavjud.
Uchrashuvda, shuningdek, baliq yemi ishlab chiqarish zavodi va tuxum yo‘nalishidagi parrandachilik kompleksini tashkil etish loyihalari ham ko‘rib chiqildi. Ushbu tashabbuslarni amalga oshirish orqali viloyatda ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish ko‘zda tutilmoqda.
